
Rasmiy sayt
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy tadqiqotlar muassasasi. Institutimiz Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joylashgan.
Institut Haqida
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. Ilmiy kashfiyotlarga 50 dan ziyod patent olingan. 40 ta ilmiy to‘plam nashr etilgan. 15 mingdan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Bizning jamoa
Institutda 118 nafar ilmiy xodim ishlaydi, shulardan 12 nafari fan doktori, 34 nafari fan nomzodidir. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakllari — tayanch doktorantura va doktorantura yoʻnalishlari mavjud.
Biz bilan bog’laning
Manzil: Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Charog’bon MFY, 67-uy
Telefon: +998 66 666-56-30
E-Mail: nivi@vetgov.uz

Yuldoshev Xojiakbar Toshpo’latovich
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori
Telefon: +998 93 235 07 80
Elektron pochta: nivi@vetgov.uz
Qabul kunlari:
Dushanba – Juma
09:00 dan 12:00 gacha
Institut tarixi
Institut dastlab 1924-yilda Toshkent shahrida Turkiston Yer ishlari xalq komissarligi veterinariya boshqarmasi qoshidagi oʻlka veterinariya-bakteriologiya laboratoriyasi sifatida tashkil etilgan.
1926-yildan 1948 yilgacha O’rta Osiyo Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (tajriba stansiyasi) nomida faoliyat yuritgan.
1949-yildan 2013 yilgacha O’zbekiston veterinariya-ilmiy tadqiqot instituti O’zVITI nomida.
1959-yilda Toshkentdan Samarqand viloyati, Toyloq tumani Tayloq shaharchasiga koʻchirilgan.
1978-yilda institutga mashhur akademik K.I.Skryabin nomi berilgan.
2014 yildan boshlab bugungi nomda faoliyatini olib bormoqda.
Tashkiliy tuzilma
- Institutning rahbariyatida direktor, 2 nafar direktor o’rinbosari va ilmiy kotib
- 16 ta ilmiy laboratoriya va Qashqadaryo ilmiy amaliy tajriba stansiyasi.
- 13 ta bo’lim hamda sho’ba mavjud.

1926 yilda tashkil etilgan
100 yillik tajribaga ega tashkilot
Institut yangiliklari
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti yangiliklarini kuzatib boring.
Xizmatlar va Mahsulotlar
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti xizmatlar va mahsulotlarini kuzatib boring.
Savol va takliflar bo’yicha








